AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir kechada qariyb 300 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonda bir kechada qariyb 300 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 25 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 (+293) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 242 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 074 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 138 nafari og`ir, 40 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

    Boshqa yangiliklar