AsosiyJamiyat

Sudlar faoliyatini takomillashtirishga oid prezident farmoni qabul qilindi

'Sudlar faoliyatini takomillashtirishga oid prezident farmoni qabul qilindi'ning rasmi

Prezident “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonni imzoladi.  .

 Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

* sud ishlarini nazorat tartibida ko`rish institutini tugatish, O`zbekiston Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o`rinbosarlarining sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;

* jinoyat ishlarini sudda ko`rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko`rib chiqilishiga to`sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish;

 quyidagi tartiblarni joriy etish:

* tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa Oliy sudning sudlov hay`atlari tomonidan apellyasiya tartibida qayta ko`rib chiqish;

* apellyasiya tartibida ko`rib chiqilgan sud qarorlarini Oliy sudning sudlov hay`atlari tomonidan  

kassasiya tartibida qayta ko`rib chiqish;

* Oliy sud sudlov hay`atlari tomonidan kassasiya tartibida ko`rib chiqilgan ishlar bo`yicha chiqarilgan sud qarorlarini Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ular o`rinbosarlari protestiga ko`ra kassasiya tartibida takroran ko`rib chiqish;

* davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitasiya asoslariga ko`ra jinoyat ishini tugatish;

* prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo`yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo`lgan holdagina, suddan chaqirib olib o`rganish;

* qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo`zg`atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko`rilishida prokuror o`z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish.

 

    Boshqa yangiliklar