AsosiyJamiyat

Toshkent markazida yonib ketgan “Lasetti” yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi (video)

'Toshkent markazida yonib ketgan “Lasetti” yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda daraxtga urilgan “Lasetti” yonib ketdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Joriy yilning 24 iyul  kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Nukus ko`chasida haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan S.M. “Lasetti” rusumli transport vositasida A.Qodiriy ko`chasidan A.Temur ko`chasiga tezlikni me`yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lni ajratuvchi bo`lagidan qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib daraxtga urilgan va transport vositasida yong`in yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar