Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 49 yoshli E.Q. (erkak) 15-19 iyul kunlari Respublika ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, respublika ko`p tarmoqli tibbiyot markazining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindrom, o`tkir nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
"Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan" deb yozadi SSV.






