AsosiyJamiyat

⚡️RASMAN: Karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi

'⚡️RASMAN: Karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat`iy etibor qaratish belgilandi:

a) davlat organlari va tashkilotlariga:

  •  xodimlarini xatlovdan o`tkazgan holda, ish joyiga faqatgina zarur bo`lgan mutaxassislarni bevosita jalb etishga ruxsat berilganini inobatga olib, qolgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta`tiliga chiqarishni yoxud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga to`liq rioya etilishini ta`minlash;

 

  •  xodimlarini vaqtinchalik xizmat safariga yuborishni to`xtatish;  

 

  •  yig`ilishlarni faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;

 

  • xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud bo`lgan taqdirda, ulardan xabar olish, davolanish maqsadida zarur dori vositalari va buyumlarni xarid qilish uchun xodimning sharoitini inobatga olgan holda, moddiy yordam ajratish;

 

b) fuqarolarga:

  • to`y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o`tkazmaslik;

 

  • jamoat joylarida, ko`cha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq to`planmaslik, qat`iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
  •  yoshi katta va muayyan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir kasalliklari, onkologik kasalliklar va b.) mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli ta`sir ko`rsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni “o`zini o`zi yakkalash” hayot tarziga qat`iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi.

 

    Boshqa yangiliklar