AsosiyJamiyat

Koronavirus bemorlariga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro`yxati shakllantiriladi

'Koronavirus bemorlariga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro`yxati shakllantiriladi'ning rasmi

Respublika Maxsus komissiyasining yangi tartibiga muvofiq, O`zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga yirik tadbirkorlik sub`ektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va savdo ob`ektlarida sanitariya-gigiena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas`ul bo`lgan xodim belgilash tavsiya etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Uy sharoitida karantinni tashkillashtirish tartibi to`g`risida uslubiy ko`rsatma ham tasdiqlandi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo`yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda koronavirus infeksiyasi engil, o`rtacha og`ir va og`ir o`tayotgan bemorlarni davolash standartlari tasdiqlanishi hamda fuqarolarga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro`yxati shakllantirilishi belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar