AsosiyJamiyat

Qurbon hayiti uyda, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda nishonlanadi

'Qurbon hayiti uyda, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda nishonlanadi'ning rasmi

 Respublika Maxsus komissiyasining yangi tartibiga muvofiq, O`zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablariga muvofiq o`tkazish to`g`risidagi bayonoti ma`lumot uchun qabul qilindi va mahalliy hokimliklarga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirig`i berildi.  

 Fuqarolarga Qurbon hayitining karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazish tavsiya etildi. 

Yuqoridagilardan tashqari Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyatini jadallashtirish, shuningdek, ta`minot manbai bo`lmagan yolg`iz keksalar, nogironligi bo`lgan, boquvchisidan ajralgan, og`ir kasallari bor, ko`p bolali, ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo`lmagan, ota-onalaridan biri yoki ikkisi ham nogiron bo`lgan oilalarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga qonun hujjatlarida to`lanishi nazarda tutilgan qo`shimcha to`lovlarning o`z vaqtida va to`liq to`lab berilishini ta`minlash va nazorat qilish bo`yicha ishchi guruh tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi.

    Boshqa yangiliklar