Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 50 yoshli Z.R. (erkak)da 8 iyul kunidan boshlab tana harorati ko`tarilib, nafas etishmovchiligi, yo`tal bilan uyida ambulator sharoitida davolanib yurgan. 16 iyul kuni esa og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligi asorati bilan kechgan.
«Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligidan vafot etgan», — deyiladi SSV axborotida. Bemor aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.
Hozirgacha Sog`liqni saqlash vazirligi 113 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi.






