AsosiyJamiyat

Uchta hududda rasman 140 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Toshkentdan eng ko`p holat qayd etilgan

'Uchta hududda rasman 140 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Toshkentdan eng ko`p holat qayd etilgan'ning rasmi

2020 yil 26 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 531 (+140) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Farg`ona viloyatida hamda 26 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent viloyatida 67 nafar, Samarqand viloyatida 64 nafar, Toshkent shahrida 44 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Farg`ona viloyatida 11 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 6 nafar, jami 274 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 11 105 (+274) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog`aygan.Hozirda mamlakatimizda 9 310 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar