AsosiyJamiyat

Toshkentda to`rtinchi farzandiga homilador bo`lgan 32 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

'Toshkentda to`rtinchi farzandiga homilador bo`lgan 32 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

SSV yana bir homilador ayol koronavirusdan vafot etganini xabar qildi. 

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 32 yoshli D.I. (ayol)da 2 iyuldan holsizlik, isitma 38 S darajagacha ko`tarilishi, yo`tal boshlangan va 6 iyul kuni u “Bebimed” xususiy klinikasiga murojaat qilgan. 9 iyulga qadar uy sharoitida davolangan.  

9 iyuldan boshlab shahar 7-son tug`ruq kompleksida “29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tug`ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik” tashxisi bilan stasionar sharoitida davolangan.

Unda “COVID-19” tasdiqlangandan so`ng esa 17 iyul kuni shahar 3-son tug`ruq kompleksiga o`ta og`ir ahvolda o`tkazilgan. U erda unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan.  

Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal o`limi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi bo`lgan.  

Bemorning asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan standart asosida o`tkazilgan reanimasion choralarlarga qaramay u o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka shishi, poliorgan etishmovchilikdan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar