Ichki ishlar vazirligi yana bir hodimini yo`qotgani haqida ma`lum qildi.
"Komiljon Xidiraliev ham ortidan iliq so`z bilan eslab, hayot yo`lini ibrat sifatida ko`rsatishga arziydigan halol va fidoyi o`z kasbining jonkuyari edi.
U umrining yorqin yillarini xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek oliyjanob ishga baxsh etdi. 1996-1998 yillarda Farg`ona viloyati IIB boshlig`i lavozimida ishlab, viloyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini ta`minlashga katta hissa qo`shdi. General-mayor Komiljon Xidiralievning yorqin xotirasi Farg`ona viloyati IIO xodimlari xotirasida ham abadiy saqlanib qoladi. General-mayor Komiljon Xidiralievning vafoti munosabati bilan uning oila-a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etamiz" deyiladi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati






