AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisi 6 oyda 286,5 ming kishiga o`sdi

'O`zbekiston aholisi 6 oyda 286,5 ming kishiga o`sdi'ning rasmi

O`zbekiston aholisi 2020 yilning 1 iyul holatiga ko`ra, 34 mln. 191,7 ming kiishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga o`sgan.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, aholining 17 mln. 195,9 ming kishisi  erkaklar va 16 mln. 995,8 ming kishisi ayollarni tashkil etgan.

Jami aholidan 17 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.

6 oy mobaynida 75,5 mingta nikohlar qayd etilgan bo`lsa, 12,8 mingta  ajrim holatlari kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar