27 iyul kuni Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti o`tkazildi.
Avtomobil uch ko`rinishda taklif qilinmoqda:
- Cargo (yuk uchun) — 172,1 mln so`m.
- Kombi (aralash) — 190 mln so`m.
- Trendline (yo`lovchi uchun) — 221,9 mln so`m.
Savdolar bugun kunning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Hozircha avtomobillarni faqat Toshkent shahridagi Volkswagen avtosalonidan va kompaniya saytidan sotib olish mumkin.