Ushbu savolga Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifingda javob berildi.
— Rasmiy versiya quyidagicha: yangi virus tarqalishining manbasi taxminan Uxandagi dengiz mahsulotlari, shuningdek, yovvoyi va ekzotik hayvonlar (bo`ri, tulki, ilonlar, ko`rshapalak va hokazo) go`shti savdosi bilan shug`ulllanadigan shahar bozori hisoblanadi.
Tabiatda aynan ko`rshapalaklar koronavirus infeksiyasining asosiy tashuvchisi hisoblanadi.
️Fikrimcha, koronavirus Xitoy biologik quroli emas, chunki aynan Xitoy o`z vaqtida ushbu pandemiyadan o`ta jiddiy aziyat chekkan.






