AsosiyJamiyat

Xorijdagi abiturientlar imtihonlar boshlanishidan kamida uch hafta avval qaytib kelishi kerak

'Xorijdagi abiturientlar imtihonlar boshlanishidan kamida uch hafta avval qaytib kelishi kerak'ning rasmi

Hozirda xorijda bo`lib turgan, 2020/21 o`quv yili uchun qabulga onlayn hujjat topshirgan abiturientlar kirish imtihonlariga kamida 3 hafta qolganda O`zbekistonga qaytishi kerak, deb ma`lum qilindi 25 iyun kuni AOKAda o`tkazilgan brifingda.

Ular karantin talablarini to`liq bajarganlaridan so`ng, Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi taqdim etgan xulosalari asosida test sinovlariga kiritiladi.


Mazkur tartib yuzasidan Davlat test markazining Kun.uzʻga bergan izohiga ko`ra, abiturient imtihongacha uch hafta bo`lgan muddatda O`zbekistonga qayta olmasa yoki karantinda saqlangan vaqtida unda virus aniqlansa, kirish imtihonlarida ishtirok eta olmaydi.

    Boshqa yangiliklar