AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan toshkentlik 53 yoshli erkak o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi

'Koronavirusga chalingan toshkentlik 53 yoshli erkak o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli B.T. (erkak)da joriy yil 11 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

 

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli B.T. (erkak)da joriy yil 11 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.  

 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

 

Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar