2020 yil 27 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 952 (+132) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida, 48 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar, Toshkent shahrida 18 nafar hamda Farg`ona viloyatida 15 nafar, jami 140 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 11 245 (+140) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 588 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






