AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan 64 yoshli poytaxtlik ayol ham vafot etdi

'Koronavirusga chalingan 64 yoshli poytaxtlik ayol ham vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashagan 64 yoshli X.X. (ayol)da joriy yil 13 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, o`pka shishi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi hamda o`pka shishidan vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar