Joriy yilning 27 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva boshchiligidagi “Yuksalish” umummilliy harakati ta`sischilari yig`ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yangi rais saylandi.
Unga ko`ra, Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qo`mitasi a`zosi Bobur Bekmurodov Harakat raisi bo`ldi.
Ma`lumot uchun: B.Bekmurodov 1985 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida tug`ilgan. U O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2005—2006 yillarda AQShning O`zbekistondagi “Partnership for Academic development” (“Akademik rivojlanish bo`yicha hamkorlik”) dasturi tinglovchisi, 2018 yilda “The John Smith Trust” (Buyuk Britaniya) menedjment dasturi tinglovchisi bo`lgan.






