AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan poytaxtlik 35 yoshli bemor vafot etdi

'Koronavirusga chalingan poytaxtlik 35 yoshli bemor vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli Z.X. (ayol) 15–20 iyul kunlari shahar 7-son tug`ruq kompleksida “3-homiladorlik, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik” tashxisi bilan stasionar sharoitida davolangan.

Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, 20 iyul kuni shahar 3-son tug`ruq kompleksiga o`tkazilgan.  

Ushbu shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

 

    Boshqa yangiliklar