AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan poytaxtlik 65 yoshli erkak ham vafot etdi

'Koronavirusga chalingan poytaxtlik 65 yoshli erkak ham vafot etdi'ning rasmi

SSV xabariga ko`ra Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 65 yoshli Sh.G. (erkak)da 4 iyuldan kasallik belgilari (tana haroratining ko`tarilishi, yo`tal) boshlangan. Unda “COVID-19” tasdiqlangach, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas etishmovchiligi, poliorgan etishmovchilik asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo`lgan.

Bemorning ahvoli keskin og`irlashgan va yurak qon-tomir etishmovchiligi, saturasiya ko`rsatkichining pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo`yicha mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar