AsosiyJamiyat

Bemorlarni saralash, evakuasiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi

'Bemorlarni saralash, evakuasiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko`ra, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam ko`rsatishning tegishli tartibi joriy qilinadi.

 Unga ko`ra:

* har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi uchun aniq xonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oshiriladi;

* har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlardan iborat bo`lgan kasallikka chalingan bemorlarni saralash va evakuasiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi;

* Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida birlamchi bo`g`in shifokorlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vrachlari operativ maslahatlashish va bemorlar ahvolini to`g`ri baholay olish imkonini beradigan aloqa tizimi o`rnatiladi;

* oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, engil kechayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda bo`lgan shaxslar soni, ahvoli, shuningdek davolash muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik kechish dinamikasi to`g`risidagi ma`lumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining oilaviy poliklinikalar bo`yicha koordinatoriga etkazib boradi;

* uy sharoitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy o`zgarishlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga tegishli bo`lgan tibbiyot muassasalariga yotqizish choralarini ko`radi.

Farmon bilan joriy etilgan boshqa yangi tartiblar:

Endi koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

 

    Boshqa yangiliklar