AsosiyJamiyat

Karantin tugagunga qadar tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat og`ir bo`lgan hududlarga jalb qil1inadi

'Karantin tugagunga qadar tibbiyot OTM bitiruvchilari vaziyat og`ir bo`lgan hududlarga jalb qil1inadi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko`ra, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va o`rta tibbiy xodimlar vakant joylari tibbiyot ta`lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo`lgan shaxslar orasidan to`ldiriladi.

 Respublikadagi OTMlarning “Biologiya” ta`lim yo`nalishini tugatgan bitiruvchilar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va ularning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi bo`yicha onlayn tarzda bir oylik qayta tayyorlash kurslarini o`taydi.  

 Karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot OTMlarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha bo`lgan muddatga vaziyat og`ir bo`lgan hududlarga jalb qilinadi.  

 Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy bo`linmalarining tibbiy xodimlarini “valeolog” mutaxassisligiga qayta ixtisoslashtirish bo`yicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslar tashkil qilinadi.

Farmon bilan joriy etilgan boshqa yangi tartiblar:

Endi koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

Bemorlarni saralash, evakuasiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi

 

    Boshqa yangiliklar