AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

'Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi'ning rasmi

Adliya vazirligi yangi tartib haqda ma`lum qildi. 

 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligini o`rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.  

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo`yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o`rganilishi va tekshirilishiga yo`l qo`yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

️Belgi tadbirkorlik sub`ektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.
 

 

 

    Boshqa yangiliklar