AsosiyJamiyat

Navoiyda “Odnoklasniki” orqali fuqaroning sha`niga haqoratli so`zlar ishlatgan fuqaro ishi o`rganilmoqda

'Navoiyda “Odnoklasniki” orqali fuqaroning sha`niga haqoratli so`zlar ishlatgan fuqaro ishi o`rganilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Tuxtagul Turdievaning prokuratura hamda ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan qilgan videomurojaati tarqaldi. Unda ushbu fuqaro tomonidan Navoiy viloyati prokuraturasi va ichki ishlar organlariga ariza topshiraolmayotgani, hech kim undan arizasini ko`rib chiqishlik uchun qabul qilmayotgani bayon etilgan. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi 

Aniqlanishicha, “Odnoklasniki” ijtimoiy tarmog`ida noma`lum shaxs fuqaro T.T.ga murojaat qilib, uning sha`niga nisbatan haqoratli so`zlar ishlatib, qadr-qimmatini poymol qilgan.   Bundan tashqari, unga telefon qilib, “SMS”lar yozib, qo`rqitib, uning psixologik tinchligini buzgan.  

O`z hayoti va sog`ligi uchun havotir olgan T.T. 2020 yil 22 iyul kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.   Hozirda mazkur holat yuzasidan Karmana tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Ayni damda Koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatimizda karantin choralari joriy etilgan. Qolaversa, bunday sharoitda raqamli boshqaruv va raqamli munosabat tizimlari hayotga tadbiq etilmoqda. Ya`ni sodda qilib aytganda o`sha murojaatni ham yo`llash, uni qabul qilish elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Shunday ekan fuqarolarimizdan zamon talabidan kelib chiqib, aholi uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida ishga tushirilgan elektron tizimlar imkoniyatlaridan keng foydalanish ma`qulroq ekanligini yana bir karra eslatib o`tmoqchimiz" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar