AsosiyJamiyat

Qurbon hayiti bilan bog`liq savollar uchun maxsus 24 soatlik koll-markaz ishga tushirildi

'Qurbon hayiti bilan bog`liq savollar uchun maxsus 24 soatlik koll-markaz ishga tushirildi'ning rasmi

Qurbonlik qilishga doir diniy savollaringizga 24 soat davomida javob berish maqsadida, O`zbekiston musulmonlari idorasi koll-markaz faoliyati tashkil etilmoqda. Bu haqda Musulmonlari idorasi xabar bermoqda

"Muhtaram yurtdoshlar! Ma`lumki, yaqin kunlarda musulmonlar intiqib kutadigan muborak Qurbon hayiti yaqinlashib kelmoqda. Shariatimizga ko`ra yil davomida faqat uch kun mobaynida ado etish mumkin bo`lgan ulug` ibodat – qurbonlik ibodatining ham o`ziga xos ahkomlari mavjud. Shunday ekan bunga doir turli savollar ko`payishi tabiiy hol. Endilikda Siz O`zbekiston musulmonlari idorasining maxsus koll-markaziga qo`ng`iroq qilib, Qurbonlik masalalariga oid o`zingiz uchun muhim bo`lgan savollarga javob olish imkoniyatiga egasiz.  

Buning uchun 78-150-33-44 telefon raqami orqali koll-markazga qo`ng`iroq qilishingiz va Fatvo bo`yicha malakali mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Koll-markazning ish tartibi 28 iyul seshanba kunidan – 3 avgust dushanba kunigacha, tunu-kun (24 soat) davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi)" deb yoziladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar