Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Toshkent shahrida yashagan 50 yoshli R.D. (erkak)da 16 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.
Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas etishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, bemor qandli diabet, gipertoniya va epilepsiya hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






