AsosiyJamiyat

Poytaxtlik 61 yoshli erkak ham koronavirusning qurboniga aylandi. U 18 kun infeksiya bilan kurashgan

'Poytaxtlik 61 yoshli erkak ham koronavirusning qurboniga aylandi. U 18 kun infeksiya bilan kurashgan'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, poytaxtlik 61 yoshli M.M. (erkak) 10 iyul kuni o`zida koronavirus infeksiyasining belgilarini sezgach, uyda davo muolajalarini olgan. Biroq ahvoli og`irlashgach, 20 iyul kuni shifokorga murojaat qilgan va tibbiyot muassasasida stasionar rejimda davolanishga o`tkazilgan.

 Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligining 3-darajasi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

 Bemorda yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklari ham bo`lgan.

 Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan. 

    Boshqa yangiliklar