2020 yil 28 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 699 (+193) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent shahrida (ulardan 50 nafari tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 72 nafari esa Qozog`istondan “G`ishtko`prik” chegara posti orqali kelgan va O`rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 32 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 18 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 185 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Buxoro viloyatida 17 nafar, Navoiy viloyatida ham 17 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 10 nafar, jami 352 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 12 026 (+352) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 549 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






