AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”: Qayta ishlanayotgan gaz sifatini oshirish maqsadida xorijiy kompaniyalarning uskunalari sinovdan o`tkazilmoqda

'“O`zbekneftgaz”: Qayta ishlanayotgan gaz sifatini oshirish maqsadida xorijiy kompaniyalarning uskunalari sinovdan o`tkazilmoqda'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJning Neft va gaz qazib chiqarish va konlarni ishlatish seksiyasining ilmiy-texnik kengashi tomonidan “Muborak” gazni qayta ishlash zavodida yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash qurilmalaridagi ayrim uskunalar o`z yaroqlilik muddatini o`tib bo`lgan. Bunday uskunalarda ishni davom ettirish esa zavodning qayta ishlash quvvatini kamayishiga sabab bo`lmoqda. 

 Buning oqibatida zavodda qayta ishlanayotgan gaz sifat ko`rsatgichlari bo`yicha O‘zDst 948:2016 standarti talablariga javob bermayapti. 

 Yig`ilish ishtirokchilari gazni sifatliligini ta`minlashda texnologik  ko`rsatgichlarni qayta ko`rib chiqish, uskunalarning texnik holati hamda gaz tarkibidan oltingugurt va merkaptan birikmalarini tozalash imkoniyatini beruvchi maxsus kimyoviy reagent ya`ni absorbent zarurligini ta`kidlashdi.

 Shundan so`ng mutaxassislar tomonidan zavodda qayta ishlanayotgan gazning sifat ko`rsatgichlarini O‘zDst 948:2016 standarti talablariga muvofiq bo`lishini ta`minlash maqsadida UOP, DOW, BASF, SHELL xorijiy kompaniyalarining texnik iqtisodiy takliflari o`rganib chiqildi. 

 Taklif etilgan kimyoviy reagentlar tahlil qilinib, ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish uchun DOW va SHELL kompaniyalarining “Ucarsol” va “Sulfinol-M” kimyoviy reagentlari tanlandi.

 Ishlab chiqarishda tavakkalchilikni oldini olish va eng samarali variantni tanlab olish maqsadida sinov tajriba ishlarini bira to`la ikkita blokda DOW va SHELL kompaniyalari bilan birgalikda o`tkazishga qaror qilindi.

 Sinov tajriba jarayoni laboratoriya tahlillari o`tkazish orqali nazorat qilib boriladi va texnik iqtisodiy ko`rsatgichi eng yaxshi bo`lgan kimyoviy reagent ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etiladi.

    Boshqa yangiliklar