AsosiyJamiyat

Endi test natijasi uch kun ichida telefon orqali ma`lum qilinadi

'Endi test natijasi uch kun ichida telefon orqali ma`lum qilinadi'ning rasmi

«Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash bo`yicha quyidagi kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:

  • har bir oilaviy poliklinikalar va ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinadi hamda ular uchun soddalashtirilgan yo`riqnoma ishlab chiqiladi;
  • laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritiladi;
  • aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralari ko`riladi;
  • tibbiyot muassasalari o`rtasidagi axborot almashish tizimi soddalashtiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qog`ozbozliklar bilan bog`liq jarayonlar elektron tizimga o`tkaziladi.


 

    Boshqa yangiliklar