SSV ma`lum qilishicha Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 40 yoshli M.K. (ayol) 12–17 iyul kunlari shahar 2-son tug`ruq kompleksida “30 haftalik 4-homiladorlik, 4-tug`ruq, asoratlangan akusherlik anamnezi, bachadon chandig`i, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas etishmovchiligining 2-darajasi” tashxisi bilan stasionar sharoitida davolangan.
“COVID-19” tasdiqlangach, 17 iyul kuni shahar 3-son tug`ruq kompleksiga o`tkazilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, sepsis, poliorgan etishmovchiligi, DVS sindrom asoratlari bilan kechgan. Yuqorida keltirilgan hamroh kasalliklar bilan birga bemorda homilaning antenatal o`limi ham kuzatilgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, sepsis, poliorgan etishmovchiligi, DVS sindromdan vafot etgan.






