AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirusga chalingan 73 yoshli ayol hayotdan ko`z yumdi

'Toshkentda koronavirusga chalingan 73 yoshli ayol hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli U.T. (ayol) 12 iyul kuni COVID-19 infeksiyasining o`ta og`ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Bemorda o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, o`pka shishi, koronavirusli ensefalit va poliorgan etishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Shu bilan birga bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og`irlashgan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka shishi, sepsis va poliorgan etishmovchiligidan vafot etdi – SSV.

    Boshqa yangiliklar