SSV xabariga ko`ra shu yilning 28 iyul kuni mamlakatimizda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, shundan 125 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 559 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlarida jami 591 nafar bemor sog`aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 893 nafar bemordan 12 265 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 502 nafar bemordan 206 nafari og`ir, 91 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.







