Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 28 iyul kuni soat 18:50 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan M-34 yo`lining 103 kilometrida haydovchi 1969 yilda tug`ilgan N.E. “Isuzu” rusumli avtomashinani “Toshkent-Guliston” yo`nalishida boshqarayotib, “Guliston-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib kelib ruxsat etilgan joydan qayrilib olgan haydovchi 1986 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.
Zarb oqibatida “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi bo`lakni ajratuvchi beton to`siqqa urilgan va avtomashinada yong`in yuzaga kelgan.
“Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. va yo`lovchilari N.A., I.M., A.M.lar zudlik bilan evakuasiya qilingan.
YTH va yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.






