Bugungi kunda Davlat xizmatlari agentligi tizimining 57 nafar xodimi COVID-19 ga chalingan bo`lib, 1 nafar mutaxassisimiz ushbu virusdan vafot etgan.Shuningdek, 2 nafari sog`aygan bo`lib, qolganlar hozirda davolanmoqda. Bu haqda Davlat xizmatilari agentligi ma`lum qildi.
"Davlat xizmatlari markazlarida odamlar oqimi yuqori bo`lani bois, bu erda cheksiz va nazorat qilish qiyin bo`lgan aloqa yuzaga kelishi tabiiy xol.
Albatta, biz Markazlarimizda barcha zarur choralarni ko`rmoqdamiz. Belgilangan grafik asosida binolar dezinfeksiya qilinmoqda, xodimlar zaruriy himoya vositalari bilan ta`minlanmoqda. Kirishda har bir tashrif buyuruvchining harorati o`lchanib, bino ichida majburiy niqob rejimi o`rnatilgan.
Bizning ishimiz oson emas, lekin aholi uchun juda muhim. Davlat xizmatlari sohasida faoliyat yuritishni tanlagan har bir xodimimiz, o`z oldiga avvalambor xalq ishonchini qozonishga, unga xizmat qilishni tanladi demak.
Agentlik oldida turgan dolzarb masalalardan — bu DXM va FHDYo bo`limlariga tashrif buyurgan Sizlarni hamda xizmatda bo`lgan xodimlarimizni mazkur virusdan himoya qilish.
Tushunib turibmiz, yashash tarzimiz o`zgargani bilan davlat xizmatlarini olish ehtiyoji hech qaerga daf bo`lgani yo`q.
Shu bois, Sizlardan elektron xizmatlardan foydalanishni so`raymiz. Sizlarga qulay bo`lishi uchun xizmatlardan onlayn foydalanish videoqo`llanmalarini tayyorlab youtube-kanalimizga joylashtiryapmiz.
Ular bilan qo`yidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=sCnA22RUItE&list=PL2T-j53zsYyOw1B8H6JAIf0CPyJHwHHwm
Ushbu sinovli kunlarni faqatgina bir birimizni qo`llab-quvvatlab engib chiqishimiz mumkin. O`zingiz va yaqinlaringizni asrang", -deyiladi xabarda.






