AsosiyJamiyat

Poytaxtdan yana bir o`lim: 52 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

'Poytaxtdan yana bir o`lim: 52 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

SSV O`Zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar berdi. 

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 52 yoshli O.T. (erkak)da  joriy yil 19 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir respirator disstres sindrom, o`tkir nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxssislari tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og`irlashib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramay o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar