2020 yil 29 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 169 (+276) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 153 nafari Toshkent viloyatida, 51 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 12 nafari Farg`ona viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 777 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 209 nafari og`ir, 88 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






