AsosiyJamiyat

So`nggi 6 oy davomida xorijdan O`zbekistonga ko`chib kelgan va ko`chib ketganlar soni e`lon qilindi

'So`nggi 6 oy davomida xorijdan O`zbekistonga ko`chib kelgan va ko`chib ketganlar soni e`lon qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining xabar berishicha, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan O`zbekistonga jami ko`chib kelganlar soni 577 nafarni tashkil etadi. Hududlar bo`yicha eng ko`p kelganlar soni Toshkent viloyati (197 kishi), Toshkent shahri (170 kishi) va Qoraqalpog`iston Respublikasi (67 kishi) hissasiga to`g`ri keladi. Jizzax (1 kishi), Xorazm (1 kishi), Andijon (2 kishi) va Qashqadaryo (2 kishi) viloyatlariga nisbatan kam odam ko`chib kelgan.

O`zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko`chib kelganlarning asosiy qismi Qozog`iston (186 kishi), Tojikiston (145 kishi), Rossiya (124 kishi), Qirg`iziston (37 kishi), Turkmaniston (9 kishi) hissasiga to`g`ri keladi.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga ko`chib ketganlar soni respublika bo`yicha 4710 kishini tashkil etdi. Hududlar bo`yicha eng ko`p ketganlar soni Qoraqalpog`iston Respublikasi (1460 kishi), Toshkent viloyati (1274 kishi) va Toshkent shahri (1132 kishi) hissasiga to`g`ri keladi.

Surxondaryo (22 kishi), Buxoro (28 kishi), Andijon va Xorazm (54 kishidan) viloyatlaridan nisbatan kam odam ko`chib ketgan.

O`zbekistondan fuqarolar Qozog`iston (2770 kishi), Rossiya (1737 kishi), Isroil (37 kishi), Qirg`iziston (28 kishi), Tojikiston (18 kishi) va boshqa davlatlarga (120 kishi) ko`chib ketgan.

    Boshqa yangiliklar