Charter reyslar orqali xorijdagi O`zbekiston fuqarlarini vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatga ega emas. Bu haqida AOKA huzuridagi shtabda bolib otgan brifingda migrasiya agentligi matbuot kotibi ma`lum qildi.
Takidlanishicha, xorijdagi fuqarolarni vatanga qaytarish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida charter reyslar tashkil etiladi. Mazkur reyslarga O`zbekistonning o`sha hududdagi konsullik idoralari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritilishi belgilangan.






