Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`ona shahar Yuksalish ko`chasida qo`shnilar gap talashib jentra rusumli avtomobilni yoqib yuborishibdi” sarlavhali video tarqaldi. Farg`ona viloyati IIB ushbu holat yuzasidag rasmiy axborot berdi.
Keltirilishicha, joriy yilning 26 iyul kuni soat 20:10da Farg`ona shahar Yuksalish ko`chasi 5A-uyning oldida turgan fuqaro X.B.ga tegishli “Lasetti-2” rusumli avtomashinada yong`in chiqqanligi to`g`risida Farg`ona shahar IIO FMB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan zarur kuch vositalar yordamida darhol yong`in bartaraf etilib, Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi va Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari hamkorligida hodisa joyi ko`zdan kechirilgan.
Yong`in oqibatida tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda, shuningdek yong`in kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan zaruriy ekspertizalar tayinlangan.
Tekshiruv yakuniga ko`ra, holatga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi, deyiladi xabarda.






