AsosiyJamiyat

Moliya vaziri o`rinbosari Yorqin Tursunov olamdan o`tdi

'Moliya vaziri o`rinbosari Yorqin Tursunov olamdan o`tdi'ning rasmi

Bugun, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o`rinbosari 55 yoshida moliya vazirining o`rinbosari-Tursunov Yorqin Ergashevich olamdan o`tdi. Bu haqda Vazirlik Matubot xizmati xabar qildi. 

Yorqin Tursunov Vatan ravnaqi, o`z ishi uchun o`zini ohirgi soniyalarini bag`ishlagan ulkan qalbli shaxs edi.

20 yildan ortiq vaqt mobaynida Yorqin Ergashevich Moliya vazirligi tizimida ishlagan, u erda har doim o`zining mehnatsevarligi, xar bir ishga yuqori ma`suliyat va puxtalik bilan yondashishi, har kimni tushunish qobiliyati bilan ajralib turar edi.

Yorqin Ergashevich doimo mavjud bo`lgan barcha kamchiliklarni o`rganishga harakat qilar edi, har doim insonlar bilan mulokotga ochiq edi. Uning butun faoliyati hududlar va butun mamlakatni rivojlantirish uchun xizmatga bag`ishlandi. Hududlar bilan ishlash mobaynida Respublikning tashrif etmagan yagona mintaqa, tuman qolmadi.

Yorqin Ergashevich hech qachon o`z tajribalari, bilimlari va ko`nikmalarini hamkasblari va shogirdlari bilan bo`lishishdan charchamas edi. Ko`p yillik samarali mehnati doirasida ustoz-shogird tamoyillari asosida ko`plab salohiyatli kadrlarni etkazib chiqarishda katta hissa qo`shgan rahbar.

Ziyrak rahbar, oliyjanob hamkasb, namunali oila boshligi, sodiq do`st va ulkan qalbli shaxs. "Vatanga halollik va sadoqat bilan xizmat qilish" shiori bilan yashagan o`z ishining ustasi va mamlakat vatanparvari, shijoatli hamda fidoiy inson bo`lib xotirlanadi, va doimo qalblarimizda ajoyib inson bo`lib qoladi.

Ushbu og`ir yo`qotish munosabati bilan, Yo.Tursunovning oila a`zolariga ta`ziya bildirib, sabr tilab qolamiz, deyiladi hamdardlik xabarida. 

 

Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug`ilgan. 1990 yilda Toshkent xalq xo`jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi. 

 Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahri hokimiyati moliya bo`limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo`yicha nazoratchi inspektori, byudjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 

1993- 2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahri hokimiyati moliya bo`limi mudiri o`rinbosari – byudjet inspeksiyasi boshlig`i, keyinchalik bo`lim mudiri bo`lgan. 

2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig`i bo`lib ishlagan. 

 2006-2012 va 2016-2018 yillarda Moliya vaziri o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 2012-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta`minot xizmati boshlig`i

 Moliya vaziri o`rinbosari lavozimiga qadar, Yorqin Tursunov O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktori lavozimini egallagan.

 Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari, ularni moliyalashtirish bo`yicha samarali faoliyat olib borgan.


 

    Boshqa yangiliklar