AsosiyJamiyat

Koronavirusdan tuzalgan inson virus tashuvchi bo`lib qoladimi? Mutaxassis aniqlik kiritdi

'Koronavirusdan tuzalgan inson virus tashuvchi bo`lib qoladimi?  Mutaxassis aniqlik kiritdi'ning rasmi

Savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi professori, SSV Bosh umumiy amaliyot shifokori Mashkura Zohidova javob berdi:

— Koronavirus kasalligi tuzaladigan dard. Bu infeksiya bilan zararlanish bu butun hayoti davomida virus tashuvchisi bo`lib qoladi degani emas. COVID-19 yuqtirib olgan insonlarning ko`pchiligi tuzalib ketadi, virus esa organizmdan chiqib ketadi.  

Inson simptomlar paydo bo`lgandan 10 kun davomida infeksiya tashuvchisi bo`ladi (agar belgilar bo`lsa), bu infeksiya yuqqandan taxminan 2 haftani tashkil etadi.  

Turli davlatlarda shifokorlar kim tarqatuvchi sifatida xavf tug`dirmasligini aniqlash uchun protokollar qabul qilishgan va ular quyidagicha: birinchi simptomlar paydo bo`lgan kundan eng kamida 10 kun o`tishi kerak va tuzalgandan keyin yana 3 kun. Agar kasallik alomatsiz o`tgan bo`lsa 24 soat tanaffus bilan ketma-ket topshirilgan va manfiy natijali PZR testi inson tashuvchi emasligini bildiradi.

    Boshqa yangiliklar