Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum, qilishicha , Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 55 yoshli Yo.T. (erkak)da joriy yil 20 iyul kuni tana harorati ko`tarilgan va xususiy tibbiyot muassasasi shifokorlarining tavsiyasi asosida uy sharoitida va xususiy shifoxonada davolangan.
27 iyul kuni esa o`ta og`ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.
Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligining 3-darajasi, o`pka shishi, giperglikemik koma kabi asoratlar bilan kechgan.
Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka shishi, giperglikemik komadan vafot etgan.






