AQSh o`z aholisini qo`llab-quvvatlash uchun yana 1 trln dollar ajratadi

Dunyo 29.07.2020, 15:37
AQSh o`z aholisini qo`llab-quvvatlash uchun yana 1 trln dollar ajratadi

AQSh hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida aholini qo`llab-quvvatlash uchun 1 trillion dollarlik yangi yordam paketini tayyorladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Stiven Mnuchin ma`lum qildi. Loyihada oilalarga 1200 dollardan pul tarqatish ham ko`zda tutilgan.

Oq uyning ta`kidlashicha, ushbu loyiha prezident Donald Tramp tomonidan qo`llab-quvvatlangan va Kongressga taqdim etilgan.  

Pandemiya davrida AQSh hukumati iqtisodiyot va aholini qo`llab-quvvatlash uchun qariyb 3 trillion dollar ajratgan.

Ayni paytda AQSh COVID-19 dan eng ko`p zarar ko`rgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 4 milliondan, vafot etganlar esa 150 mingdan oshgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1