Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashagan 70 yoshli M.T. (erkak)da joriy yil 15 iyul kunidan tana harorati ko`tarilib turgan. 27 iyul kuni holsizlik, butun tanada og`riq kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.
Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






