2020 yil 29 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 374 (+205) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 190 nafari Toshkent shahrida (shundan 94 nafari tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa O`rtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 11 nafari Andijon viloyatida, qolgan 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg`ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 12 668 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 577 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






