O`smir homiladorligi bu har qanday mamlakat uchun birday ta`sir qiluvchi global muammo sanaladi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda 15 yoshgacha bo`lgan o`spirin qizlarda kamida 777 000 tug`ruq holati qayd etilgan. O`smirlarning homiladorligi qashshoqlik, ta`limning past bo`lgan cheklangan aholi guruhlarida ko`proq uchraydi.
JSST hisob-kitoblariga ko`ra, so`nggi 20 yil ichida o`smirlarning tug`ruq darajasi dunyo bo`yicha 11,6 foizga pasaygan. Shu bilan birga, ushbu ko`rsatkich bo`yicha hududlar o`rtasida katta farqlar mavjud. Masalan, o`smirlar o`rtasida tug`ilish darajasi Sharqiy Osiyoda 7,1, Markaziy Afrikada esa 129,55 ga etadi. AQSh, Rossiya, Afrika davlatlari, Osiyo va Evropaning ayrim davlatlarida 15-17 yoshdagi qizlar o`rtasida erta tug`ruq holatlari o`rtacha har 10 000 nafar qizdan 50-100 tasida uchraydi.
Xalq ta`limi vazirligining ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda voyaga etmagan qizlar o`rtasidagi erta tug`ruq holatlari tahlil qilinganda, 2017 yildan boshlab 11 yillik umumta`lim tizimiga o`tilishi bilan erta tug`ruq holatlarining soni pasayishi kuzatilgan. Misol uchun 2016-2017 yillar davomida 15-17 yoshdagi qizlar o`rtasida jami 429 tug`ruq holati qayd etilgan bo`lsa, 2018-2019 yillar davomida ushbu ko`rsatkich 34 foizga kamayib, 284 tani tashkil qilgan.
Erta tug`ruq holatlari sodir etilishi ko`rsatkichining kamayishi holatini umumta`lim maktablarida tahsil olayotgan qizlar soni nisbatiga taqqoslaganda ham ko`rish mumkin:
✅2017 yilda Xalq ta`limi tizimida tahsil olayotgan har 12995 nafar qizga 1 ta tug`ruq (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0076%);
✅2018 yilda tizimda tahsil olayotgan har 15169 nafar qizga 1 ta tug`ruq (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0066%);
✅2019 yilda tizimda tahsil olayotgan har 23666 nafar qizga 1 ta tug`ruq to`g`ri kelgan (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0042%).
11 yillik ta`lim tizimining qaytgani mazkur muammoning mamlakatimiz miqyosidagi asosiy echimi sifatida baholash mumkin, sababi maktabni tark etgan o`quvchi kollej yoki liseyga borganda o`zining axloqini bemalol, ijtimoiy nazoratsiz transformasiya qilishi (o`zgartirishi), o`smir muayyan submadaniyatga osongina immitasiya (taqlid) qilishi mumkin bo`lgan va bu jarayonda uni yangi ijtimoiy guruh shundayligicha qabul qilgan.
Bugungi kunda xalq ta`limi tizimida manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda voyaga etmaganlar orasida erta tug`ruq holatlarini oldini olish maqsadida “Mustahkam oila”, “Ahil oila”, “Hayotga qo`shil”, “Ijobiy fikrlashni o`qitish” kabi targ`ibot ishlari olib borilmoqda.






