Agar bir nechta abiturient grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig`ida bir xil ball to`plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?
Ushbu savolga Davlat test markazi kanalida quyidagicha javob berildi:
• davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o`rinlardagi 3 nafar abiturient bir xil ball to`plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo`shimcha joy ajratiladi;
• kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig`ining oxirida kvotadan ko`proq bo`lgan abiturientlar bir xil ball to`plagan bo`lsa, ularning barchasi o`qishga kirgan deb hisoblanadi va qo`shimcha joy ajratiladi;
• xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.






