AsosiyJamiyat

Toshkentda 22 yoshli homilador ayol koronavirusdan vafot etdi

'Toshkentda 22 yoshli homilador ayol koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 22 yoshli O.X. (ayol) 15–18 iyul kunlari Toshkent shahar 9-son tug`ruq kompleksi reanimasiya bo`limida “2-homiladorlik, 2-tug`ruq, o`tkir kamsuvlik, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi bilan stasionar sharoitida davolangan.

18 iyul kuni bemorda “COVID-19” tasdiqlangach, Toshkent shahar 3-son tug`ruq kompleksiga o`tkazilgan. Ushbu shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi ko`yilgan. Kasallik o`tkir nafas va yurak-qon tomir etishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar